Breaking News

Jahon Bankidan Qirg'izistonga qo'shimcha yordam, xususan janubga


Hamon chodirlarda yashayotgan o'shliklar
Hamon chodirlarda yashayotgan o'shliklar

2 avgust kuni Jahon Banki Qirg’iziston iqtisodiy tiklanishi uchun 30 million dollar ajratishga qaror qildi.

Ushbu mablag’ respublika hukumati amalga oshirayotgan islohotlarni qo’llab-quvvatlashni ko’zda tutgan holda idoralar faoliyatini takomillashtirish va, eng muhimi, kambag’allarga ijtimoiy yordam ko’rsatishga sarflanadi.

O’tgan yili Qirg’iziston janubida ro’y bergan mudhish hodisalar oqibatlari va qashshoqlikka qarshi kurashga ham katta e'tibor qaratiladi, deyiladi bank bayonotida.

Minglab oilalar uy-joyini tiklash uchun yordam kutmoqda
Minglab oilalar uy-joyini tiklash uchun yordam kutmoqda

Tashkilotning Qirg’izistondagi vakolatxonasi rahbari Aleksandr Kremer deydiki, bu yordam bilan ijtimoiy himoyani oshirish ham ko'zlangan .

Mulkni xususiylashtirish jarayonini oydinlashtirish, energiya ta’minot tizimini boshqarish va Milliy Bankni takomillashtirish bu yordam hisobiga amalga oshiralajak islohotlardan.

Jahon Bankida Qirg’izistonga nisbatan yangi strategy muhokamada.

Maqsad – kelasi ikki yil mobaynida ajratiladigan 120 million dollar mamlakat barqarorligi uchun xizmat qilishini ta’minlash.

1992 yildan buyon Jahon Banki Qirg’izistonga 1 milliard dollardan ziyod mablag’ ajratgan. 45 foizi - grant, qolgani esa past foizli kredit.
1992 yildan buyon Jahon Banki Qirg’izistonga 1 milliard dollardan ziyod mablag’ ajratgan. 45 foizi - grant, qolgani esa past foizli kredit.

Jahon Banki birinchi navbatda Qirg’iziston hukumatiga mojarolarga yo’l qo’ymaslik va taraqqiyot bobida ko’maklashadi.

Banklarni mustahkamlash, sog’liqni saqlash va ta’lim sohalari hamda infratuzilmani rivojlantirishga ham ahamiyat qaratiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurash, iqtisodiy o’sish uchun sharoit yaratish va ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash ham tashkilot qayd etayotgan maqsadlardan.

Jahon Bankining ma’lum qilishicha, etnik mojarolar ketidan O’sh va Jalol- Obod yo’llarini ta’mirlash va yangi turar joy qurishga qo’shimcha moliyaviy ko’mak berilgan.

1992 yildan buyon Jahon Banki Qirg’izistonga 1 milliard dollardan ziyod mablag’ ajratgan. Uning 45 foizi - grant, qolgani esa kelgusi 40 yil davomida qaytarilishi ko’zda tutilgan kreditlardir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG