Breaking News

Jahon banki-O'zbekiston: Taraqqiyot xususiy sektor bilan chambarchas bog'liq


Jahon bankining Vashingtondagi bosh idorasi
Jahon bankining Vashingtondagi bosh idorasi

Xususiy sektorni kengaytirish bilan O'zbekistonda ish o'rinlari ko'payadi, iqtisodiyot kengayadi. Jahon banki respublikani bu borada dadilroq harakat qilishga undamoqda.

Jahon banki O'zbekiston uchun 2016-2020-yillarga mo'ljallangan hamkorlik rejasi muhokamada.

2030-yilgacha iqtisodiyot raqobatbardoshligini kuchaytirish, ish o'rinlarini yaratishga xizmat qiluvchi infratuzilmani rivojlantirish, bu orqali aholi daromadini yuqori o'rta qatlam darajasiga chiqarish singari maqsadlar ko'zlangan.

Global iqtisodiyot susaygan bir paytda O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning yangi yo'llarini topishi kerak, deyiladi bank bayonotida.

Mamlakatda yangi ish o'rinlari juda sekin ko'paymoqda.

"Mehnatga layoqatli aholi soni oshayapti. Doimiy ish o'rinlarini yaratish, xususiy sektorga asoslangan iqtisodiyotga o'tish muhim", - deydi Jahon bankining O'zbekistondagi boshqaruvchisi Jungun Cho.

Jahon banki xususiy sektorni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi va paxta sektorini zamonaviylashtirish hamda xalqqa xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash bobida ko'maklashishni istaydi.

Xususiy sektor iqtisodiyotning ajralmas qismi va keng miqyosli taraqqiyotga usiz erishib bo'lmaydi, deydi deydi Xalqaro moliya korporatsiyasining Markaziy Osiyo bo'yicha vakili Muazzam Mekan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG