Breaking News

Braziliya ahli futbol tantanasini qanday kutib olmoqda?


Braziliyada jahon chempionatiga start berilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:23 0:00
Uzoq kutilgan futbol bo’yicha 2014-yilgi jahon chempionati Braziliyada bugun rasman boshlanadi. Ammo shaharlarda tantanalar kutilgandek darajada yuqori emas.
Marakana stadioniga yaqin Vila Izabel bozori odatdagidek gavjum. Odamlar savdo-sotiq bilan band. Ammo ular narxlar tez o’sayotganidan norozi.

Bu yer o’zining ashaddiy futbol muxlislariga ega ekani bilan mashhur, deydi mahalliy savdogarlardan biri Luis Enrike.

“Ilgari eng chiroyli bezatilgan ko’cha uchun musobaqa o’tkazilardi. Shu ko’cha bir necha marta g’olib chiqqan. Bu yer odamlar bilan shu qadar gavjum bo’lardiki, hatto o’tishning imkoni bo’lmasdi”, - deydi u.

Enrikening aytishicha, odamlarning hamyoni bunday tadbirlarni ortiq ko’tara olmaydi. Hukumatning stadionlar uchun milliardlab dollar sarflab, kasalxonalar va maktablarni o’z holiga tashlab qo’yganidan ko’pchilik g’azabda, deydi nafaqadagi o’qituvchi Vera Lyusia Gatti.

“Pulning bir qismi jahon chempionatiga, boshqa qismi maktab va shifoxonalarga sarflanishi kerak edi. Shunday qilish maqsadga muvofiq edi. Ammo unday bo’lmadi”, - deydi u.

Jahon kubogiga qarshi norozilik namoyishlarini uyushtirib, o’yinlarni boykot qilishga chaqirayotganlar ko’p. Jamoat transporti ishchilari uyushtirgan ish tashlash chempionatning belgilangan vaqtda boshlanishini jiddiy tahdid ostiga qo’ydi. Bir oy davomida Braziliyaga bir millionga yaqin sayyoh tashrif buyurishi kutilyapti.

Xalqaro e’tibor ijobiy o’zgarishlarga olib borsa ajabmas, deydi Enrike.

“Bu mamlakatda korrupsiyaga botgan odamlar juda ko’p, ularga ishonib bo’maydi. Hatto eng insofli siyosatchi ham pora oladi. Qonunga amal qilinmaydi. Shuning uchun muammoning yechimini ko’rmayapman”, - deydi u.

Gatti esa rahbariyat o’zgarishi kerak, degan fikrda.

“Kubokni Braziliya qo’lga kiritsa, yaxshi. Hamma xursand bo’ladi. Men ham, albatta. Ammo tepadagilar o’zgarmasa va boylik birdek tarqatilmasa, hech qanday o’zgarish bo’lmaydi”, - deydi Gatti.

Bu yerda Braziliyaning chempion bo’lishiga deyarli hech kimda shubha yo’q. Ammo ular musobaqa vaqtinchalik quvonchdan boshqa hech qanday foyda keltirmasligini ham yaxshi biladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG