Breaking News

Rivojlanayotgan mamlakatlarda ichimlik suvi tanqislashib bormoqda


Janubiy Sudan
Janubiy Sudan

Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Dunyo suv kuni”ni nishonlamoqda. Ochlikka qarshi kurashuvchi “Oxfam” tashkiloti global korporatsiyalarni qashshoq mamlakatlar suvini o’z foydasi uchun ishlatayotganlikda ayblamoqda.

Xalqaro hayot - 22-mart, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:52 0:00

Masalan, Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida suv tizimi ishdan chiqib, millionlab odam qiynalmoqda. Yoxannesburg tevaragidagi Soveto shaharchasida minglab odam har kuni suv uchun navbatda turganini ko’rish mumkin.

“Mening yoshimda 20 litrlik chelaklarni ko’tarib yurish oson emas. Vodoprovod trubasi yana qachon suvga to’lishini bilmasligimiz undan ham yomon”, - deydi bir ayol.

Muammo infratuzilmaning eskiligida. Bundan tashqari, iqlim o’zgarishi sabab Janubiy Afrika va ko’plab boshqa mamlakatlarda daryolar va suv omborlari sayozlashib bormoqda.

BMT hisobiga ko’ra, dunyoda 2,2 milliard odam toza va xavfsiz suvdan mahrum.

Tashkilot olimlarining aytishicha, dunyo aholisining taxminan yarmi yilning ba’zi paytlarida suv taqchilligi bilan yuzlashadi. Aksariyati Global Janubning qashshoq mamlakatlari yoki rivojlanayotgan davlatlarda yashaydi.

“Oxfam” tashkilotining yangi hisobotida aytilishicha, yirik global korporatsiyalar bu mamlakatlarda suv resurslarini o’z ehtiyojlari uchun ishlatib va ifloslantirib, mahalliy aholini og’ir ahvolga solib qo’ymoqda.

“Badavlat davlatlar suvni haddan ziyod ko’p ishlatmoqda va rivojlanayotgan mamlakatlarni suvdan ayirmoqda”, - deydi tashkilot vakili Kventin Gesker.

“Oxfam” boy davlatlar suvdan asosan qishloq xo’jaligi va sanoat uchun foydalanayotganini bildiradi. Meva va sabzavotlar, go’sht, gullar va shishali suv kabi suvni ko’p talab qiluvchi mahsulotlar hamda irrigatsiya tizimiga suvning 70 foizi sarflanayotgani aytiladi.

“Oxfam” xususiy sektorni suv resurslaridan kamroq foydalanishga chaqirmoqda.

“Qishloq xo’jaligi sohasida dunyo bo’ylab daromadning yarmini ko’rayotgan 350 ta korporatsiya faoliyatini o’rganib chiqdik. Shularning faqat choragi suvdan kamroq foydalanayotganini va uni kamroq ifloslantirayotganini bildirdi”, - deydi Gesker.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti suv sabab mojaro yuzaga kelishi ehtimolining kuchayayotgani haqida ogohlantirmoqda. Iqlim o’zgarishi ommaviy migratsiya va siyosiy tartibsizliklarga turtki berishi mumkinligi aytilarkan, mamlakatlardan suv bobida hamkorlikni kuchaytirish so’ralmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG