Breaking News

Hutiylar Yaman sobiq prezidentining o'ldirilganini e'lon qildi


Yaman sobiq prezidenti Ali Abdulla Solih tarafdorlari davrasida, Sano, 24-avgust, 2017-yil.
Yaman sobiq prezidenti Ali Abdulla Solih tarafdorlari davrasida, Sano, 24-avgust, 2017-yil.

Yamanning hutiy isyonchilari sobiq prezident Ali Abdulla Solihning o'ldirilganini e'lon qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda unga o'xshagan odamning jasadi ko'rsatilgan.

Isyonchilarga qarashli "Al-Masira" telekanali voqeani "jangarilar inqirozining tugashi va ular yetakchisining o'limi" deb izohlagan. Solihning o'limini mustaqil tasdiqlashning imkoni bo'lmadi.

So'nggi voqea Eron qo'llab-quvvatlovidagi hutiylar va Solih o'rtasidagi kelishuv barham topganidan darak sifatida ko'rilmoqda.

Ular uch yil oldin ittifoq tuzib, poytaxt Sanoni qo'lga kiritgan edi. Mamlakatning xalqaro maydonda tan olingan Prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hadi mamlakatni tark etib, Saudiya Arabistonidan harbiy yordam so'rashga majbur bo'lgan.

Hutiylarga ko'ra, Solih boshidan o'zaro alyansga ishonmagan va Saudiya koalitsiyasi bilan muzokaraga kirishish orqali ittifoqqa xiyonat qilgan.

Bu orada Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiya poytaxt Sanodagi hutiy maskanlariga havodan zarba berishda davom etmoqda. Solihga sodiq kuchlar va isyonchilar o'rtasida ham to'qnashuvlar yuz bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG