Breaking News

Yil sarhisobi: AQSh fazo tadqiqotlarida ro'y bergan o'zgarishlar


Samoviy maqsadlar/US goals in space
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:14 0:00

Samoviy maqsadlar/US goals in space

2012-yil AQSh fazo tadqiqotlari sohasida qator yangiliklar ro’y berdi. Masalan, xususiy bir kompaniya xalqaro kosmik stansiyaga yangi fazo kemasini olib chiqdi.

Bu yil o’z faoliyatiga yakun yasagan AQSh fazo kemasi bugun muzeyda tomoshaga qo’yilgan.

AQSh fazo tadqiqotlari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00
Yuklab oling

Xalqaro fazo stansiyasi tomon esa yangi kema parvoz qildi. May oyida “Falkon-9” raketasi bilan uchirilgan “Dragon” kapsulasi xalqaro stansiyaga qo’ngan birinchi xususiy qurilma.

Ushbu vosita va uni kosmosga eltgan raketa Kaliforniyada joylashgan “Space-X” kompaniyasiga qarashli. Xususiy kemaning fazoga chiqishi katta voqea, deydi firma rahbari.

“Judayam xursandman. Muhim qadam bo’ldi. Kelajakda odamzotning o’zga sayyoralarni ham kezish ehtimoli juda yuqori”, - deydi “Space-X” rahbari Ilon Mask.

NASA Orbita tadqiqotlari korporatsiyasi bilan ham hamkorlik qilmoqda. Korporatsiya “Antares” raketasi va “Cygnus” yuk kemasini yaratgan. Ular 2013-yilda fazoga chiqishi kutilmoqda.

NASA vakili Charlz Boldenning aytishicha, NASAning xususiy kompaniyalar bilan hamkorligi kengayib bormoqda.

“Xalqaro kosmik markazga uyushtiriladigan safarlarni xususiy kompaniyalarga topshiryapmiz. Biz e’tiborni quyosh sistemasini chuqurroq o’rganishga, Mars va asteroidga uchish kabi loyihalarga qaratyapmiz”, - deydi mutaxassis.

NASA tarixdagi eng katta raketani yasayapti. “Fazoga uchish tizimi” deya ataladigan bu qurilma va “Orion” nomli kapsula astronavtlarni Xalqaro stansiyadan 15 karra uzoqroq bo’lgan hududgacha olib chiqa oladi. Odamsiz sinov safari 2014-yilga mo’ljallangan.

Vashingtonda o’tgan ilm-fan ko’rgazmasida NASA erishayotgan yutuqlar ko’pchilikning diqqatini tortdi.

“Kosmik tadqiqotlarning davom etayotganidan xursandman. Bu soha allaqachon o’lgan deb o’ylardim. Aksincha, jadal rivojlanayotgan ekan”, - deydi ko’rgazmada qatnashgan talabalardan biri.

Yerga yaqin orbitaga odam olib chiqish loyihalarida NASA uch mahalliy kompaniya bilan ishlayapti.

“Space-X” ma’lumotiga ko’ra, “Dragon” kapsulasi uch yilda ko’kka odam va yuk olib chiqishi mumkin.

“Boing” kompaniyasi esa yetti odamni o’zga sayyoraga uchira oladigan kema ustida ishlayapti.

“Orzu ovchisi” deya nomlangan qanotli qurilma loyihasi esa Sierra Nevada korporatsiyasiga tegishli.

Vashingtondagi Amerika universiteti professori Xovard Makkurdi so’zlariga ko’ra, NASA bilan hamkorlik yangi kashfiyotlar sari yetaklaydi.

“Hozircha “Space-X” oldinda. Ancha rivojlangan. Kelajakda esa 1950-yillarda kuzatilgan raqobatga guvoh bo’lamiz. Qanotli va kapsula shaklidagi kemalar raqobati. Qaysi biri kuchliroq texnologiya ekani haqida oldindan bir narsa deyish qiyin”, - deydi professor.

Besh yil ichida AQSh fazogirlari kosmosga chiqishni boshlaydi, deydi NASA vakillari.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG