Gumanitar yordam bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar urushdan qaqshagan Yamanda ishlarini davom ettirishlari uchun donor davlatlardan moliyaviy yordamni oshirishga chaqirmoqda.
Koronavirus pandemiyasi sabab ko’plab tashkilotlar ishini to’xtatishga majbur bo’ldi, xususan Yamandagi BMT dasturlarining 75 foizi virus sabab to’xtagan yoki qisqargan.
Jahon oziq-ovqat dasturi ochlik bilan yuzlashayotgan aholiga tarqatilayotgan oziq-ovqat payoklarini 50 foizga kamaytirishga majbur bo’lib, 369 kasalxonaning 189 tasida BMT puliga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar kamaytirilgan.
“BMTning 41 ta yirik dasturidan 31 tasi yopilmoqda yoki qisqartirilmoqda”, - deydi BMTning Yamandagi vakili Liz Grand.
Asosiy donorlardan hisoblangan Qo’shma Shtatlar isyonchi xutiylarni ishlashga imkon bermayotganlikda ayblab, yil boshida Yamanga yordamini kesgan.
BMT 2-iyun kuni Saudiya Arabistonida bo’ladigan Yaman bo’yicha anjumanida iyun oyidan dekabr oyigacha asosiy faoliyatni moliyalash uchun 2,4 milliard dollar to’plashga umid qilmoqda.
Xabarlarga ko’ra, Yamanda koronavirus tarqalish sur’ati kuchaygan. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, rasmiy raqamlar katta bo’lmasa-da, vaziyat aslida o’ta ayanchli.
Ba’zi tashkilotlar byudjetidagi pul oy oxirigacha bazo’r yetishini bildirmoqda.
Facebook Forum