Breaking News

Yamanda Prezident Hadi va hutiylar o'rtasida tinchlik muloqoti boshlandi


Policemen use shields during an anti-terror drill ahead of the upcoming Asian Games in Jakarta, Indonesia.
Policemen use shields during an anti-terror drill ahead of the upcoming Asian Games in Jakarta, Indonesia.

Qo'shma Shtatlar Yamanda tinchlikni tiklashga doir muzokaralar boshlanganidan mamnun. Muloqot Quvaytda o'tmoqda.

Muzokaralar rejadagidan uch kun kechikib, payshanba kuni boshlandi. Muxolifat va hukumat otishmani vaqtincha to'xtatishga kelishib olgan ko'rinadi.

Yamanning BMTdagi elchisi Ismoil Shayx Ahmadning aytishicha, qo'shma hukumat tuzish, jangchilar va qurolli guruhlarni jang maydonidan olib chiqish, mahbuslar ayirboshlash kabi mavzular muhokamada.

Yamanda Prezident Abdu Rabbo Mansur Hadi hukumati va isyonkor hutiylar o'rtasidagi kurash salkam olti yarim ming odamni hayotdan olib ketdi. Millionlab aholi yordamga muhtoj. Yaman arab yarimorolidagi eng qashshoq mamlakatlardan. Ixtilof "Islomiy davlat" va al-Qoida kabi ekstremist to'dalarga mamlakatda ildiz otish uchun sharoit yaratdi.

Hutiylar 2014-yil sentabrdan beri mamlakat poytaxti Sanoni egallab olgan. Oradan olti oy o'tib, ular janub sari yurish boshlaydi va Adan port shahrini ham qo'lga kiritadi. Shundan so'ng Prezident Abdu Rabbo Mansur Hadi Saudiya Arabistoniga qochdi.

Riyod yordamida Adan shahri qayta egallangach, Prezident Hadi va uning hukumati shaharga yana qaytgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG