Breaking News

AQSh olimpiyachilari Zikadan xavotirda, ammo Rioga albatta boradi


Reklamasiz sport musobaqalarini tasavvur qilish qiyin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:13 0:00

Reklamasiz sport musobaqalarini tasavvur qilish qiyin

Yozgi Olimpiya o'yinlariga sanoqli oylar qoldi. Xalqaro sport musobaqalari Rio-de-Janeyroda 5-avgust kuni boshlanadi. Braziliyada Zika virusi bilan bog'liq xavotirlarga qaramay, AQSh olimpiyachilari o'yinlarga jiddiy hozirlanmoqda.

Braziliyada Zika virusi tarqalishda davom etarkan, ayrim sportchilar bundan xavotirda, boshqalar Olimpiya mutasaddilari ko'rayotgan tadbirlarga ishonch bildirmoqda.

“Qo'limdan nima ham kelardi, ammo Riodagi musobaqalardan qolmayman", - deydi suzuvchi Jessika Long.

Mezbon tarafga ko'ra, avgust oyida Braziliyada u qadar issiq bo'lmaydi, demak chivinlar ham kamroq bo'ladi. Ammo sportchilar ham ehtiyot choralarini ko'rsin, deydi ular.

“Uzun yengli kiyim kiyish, kechalari oynalarni yopib, konditsionerdan foydalanish, ochiq havodagi musobaqalar paytida chivinga qarshi vositalarni qo'llash kerak”, - deydi tashkiliy qo'mita so'zlovchisi Mario Andrada.

Suv musobaqalari qatnashchilari suvning zararlanishidan xavotirda, biroq Rio suvlarida bir necha bor mashq qilgan yelkanli sport ustasiga ko'ra, ahvol u qadar ayanchli emas.

“Rioga sakkiz marotaba bordik. Har borganimizda 15-20 kun o'tkazdik, 90 foiz holatda suvda mashq qildik. Ancha tayyormiz, virus haqida bosh qotirib, tayyorgarlikdan chalg'imoqchi emasmiz", - deydi Briana Provancha.

“Biz Braziliyada bir hafta bo'lamiz, xolos", - deydi uning jamoadoshi Enni Xeyger. - "So'ng barcha sportchilar yurtiga qaytib ketadi. Aslida bizdan emas, o'sha yerda yashovchi Rio aholisidan xavotir olish kerak, chunki ular virus bilan kundalik hayotida yuzlashadi”.

Ayrim sportchilar Zikadan qo'rqib, hayotidagi orzusini qo'ldan chiqarmoqchi emas.

“Bu sportning eng yuksak cho'qqisi. To'rt yilda bir marta bo'ladigan musobaqa. Har bir musobaqa turida dunyoning eng sara sportchilari bellashadi", - deydi suzuvchi Elizabet Beyzel.

Braziliya mutasaddilari inshootlar jadvaldagi rejadan kech qurilayotganiga qaramay, Olimpiya obyektlari avgustgacha tayyor bo'ladi, deya ishontirmoqda.

Jarohati tufayli London Olimpiadasini qoldirishga majbur bo'lgan Olimpiya chempioni Lashon Merrit Rio musobaqalarini sabrsizllik bilan kutmoqda.

“Men 110 foiz tayyorman, axir hammaning ko'zi Olimpiya o'yinlarida bo'ladi", - deydi u.

Qo'lsiz kamonchi Matt Statsmenning butun xayoli Rioda.

“Hech narsa va hech kimning menga halaqit berishiga yo'l qo'ymayman. Borib, o'z vazifamni bajaraman. Oltin medal yutishimga ishonaman", - deydi u.

Ba'zi sportchilar nazarida qattiq intizom va yaxshi tayyorgarlik g'alaba garovidir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG