Breaking News

Zikaga qarshi kurash uchun 56 million dollar kerak


Xastalikni chivinlar tarqatmoqda
Xastalikni chivinlar tarqatmoqda

Jahon soq'liqni saqlash tashkiloti hisob-kitobiga qaraganda, tobora tarqalib borayotgan xavfli kasallik - zika virusiga qarshi olishish uchun 56 million dollar kerak. Virus chaqaloqlarni majruh qilayapti.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bu moliya yordamida davlatlar va tashkilotlar zika virusiga qarshi birga kurash olib borishini, mutaxassis va zaxiralar to'g'ri taqsimlanishini ta'minlamoqchi.

Xastalikni chivinlar tarqatmoqda. Shunday ekan, tashkilot rasmiylarining aytishicha, virus yoyilgan davlatlarda irsiy jihatdan o'zgargan chivinlarni ishga solish va virus tarqalishini to'xtatish mumkin.

Bu orada, Amerika mutasaddilari zika bilan og'rigan odamlardan vaqtincha donor sifatida qon topshirmay turishni so'rayapti.

Zika alomatlari sezilgan odamlar, oxirgi uch oyda bu kasallik yoyilgan davlatlarda bo'lganlar va mazkur mamlakatlarda bo'lib qaytgan odamlar bilan jinsiy aloqa qilganlar ana shular toifasiga kiradi.

Shifokorlar taxminicha, zika virusi mikrosefaliyaga, ya'ni miyasi kichik chaqaloqlar tug'ilishiga yetaklamoqda. Xastalik Lotin Amerikasi davlatlari, ayniqsa, Braziliyada katta xavfga aylangan. Bu yurtda 4300 kishida mikrosefaliya alomatlari aniqlangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG