"Vashington Post" 250 million dollarga sotildi, bosma matbuot kelajagi

Your browser doesn’t support HTML5

Internetdagi “Amazon” savdo tarmog’i asoschisi Jeff Bezos endi “Vashington Post” dek nufuzli gazeta egasi. Amerika poytaxtidan turib global ahamiyatga ega yangiliklarni yoritadigan, siyosiy siru asrorlarni fosh etib dunyoga dong’i ketgan nashr 250 million dollarga sotildi. Bu xabar jurnalistika olamida ko’plarni lol qoldirdi, ammo axborot vositalari va informatsiya bozori daqiqa sayin o’zgarib borar ekan, gazetalar kelajagi internetda ekani allaqachon ayon bo’lgan.