AQSh: O'zbekistonda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi choralar juda sust

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

O'zbekiston - odam savdosi, majburiy mehnat / US TIP Report Uzbekistan

Dunyoda 27 million odam qul sifatida ishlatiladi. Ular majburiy mehnat qurboni. AQSh Davlat departamenti har yili bu masalani o’rganib chiqadi va Kongressga hisobot uzatadi. Tashqi siyosatni belgilashda hamkor davlatlar inson savdosi va majburiy mehnatga qarshi qanchalik kurashayotgani hisobga olinadi. O’zbekiston, AQSh rasmiylari so’zi bilan aytganda, har ikki muammo chuqur ildiz otgan jamiyat. Bu degani hamkorlik cheklanishi mumkin.

Odam savdosi O’zbekistonda keng miqyosda kuzatiladi, deyiladi Davlat departamenti hisobotida.

Har yili erkaklar, ayollar va bolalar paxta terimiga majburan olib chiqiladi. O’qituvchilar, talabalar, xususiy sektor xodimlari va boshqalar qishloq xo’jaligi va qurilishga jalb etiladi. Ekspluatatsiya qilinadi, deya qayd etiladi tahlilnomada. O’zbekiston hukumati odam savdosiga qarshi kurashda eng quyi talablarga ham javob bermaydi va vaziyatni yaxshilash yo’lida juda sekin harakat qilmoqda. Qo’shma Shtatlar majburiy mehnat muammmosini hal etish uchun O’zbekistonni konkret choralar ko’rishga undamoqda.

Davlat kotibi Jon Kerri: "Qonun ustuvor bo’lmagan, korrupsiya chuqur ildiz otgan, aholi hukumatga tayana olmaydigan, huquq-tartibotga ishonch bo’lmagan muhitda odamlar pullanadi, majburiy mehnatga tortiladi va inson qadri pasayadi. Qonun ustuvor bo’lgan, fuqaro fikrini ochiq ayta oladigan va hukumat uni tinglaydigan muhitda esa odam savdosi va ekspluatatsiya ko’lami torayadi. Maqsad shu."