O'zbekistonda bosh vazirga ko'proq vakolat va mas'uliyat yuklanmoqda
Your browser doesn’t support HTML5
O’zbekiston Senati yalpi majlisida konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritishni ma’qullagan. Mazkur qaror prezident vakolatlarining bir qismini bosh vazir zimmasiga o’tkazish, parlament imkoniyatlarini kengaytirish, saylov o’tkazish tartibini takomillashtirishni nazarda tutadi. Konstitutsiyaviy o’zgarishlar parlament va prezidentlik saylovlari arafasida amalga oshirilmoqda.