Sanjar Umarov: Amerika fuqarosimisiz, demokratik imkoniyatlardan foydalaning!
Your browser doesn’t support HTML5
O’zbekistonlik yoshlar va ularning Amerikadagi tengdosh-fikrdoshlari Boston yaqinidagi Tafts universitetida anjuman o’tkazib, AQShning Rossiya va Markaziy Osiyo bilan aloqalarini muhokama qildi. Konferensiyalar odatda muayyan soha va mavzuni o’rganayotganlar uchun qiziq, lekin bunisi, deydi qatnashuvchilar, nafaqat ilm-fan arboblari balki muxolifatchi, diplomat va mustaqil ekspertlarni bir joyga to’plagani uchun ham sermazmun kechdi. Bahs-munozara qizidi. Yig'indan keyin Garvard universitetida qatnashchilar bilan uchrashib, muloqot qildik.