Garvard universitetida bilim olayotgan o'zbekistonlik bilan muloqot - Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

Garvard universiteti Amerikadagi eng keksa oliygoh. 1636-yildan beri ochiq. Dunyoga tanilgan universitetlardan biri. Kirish oson emas, o’qish ham juda qimmat. Hamkasbim Navbahor Imamova yaqinda Massachussetts shtatining Kembrij shahrida bo’lib, “Amerika Manzaralari” teledasturini u yerdan taqdim etar ekan, Garvardda bilim olayotgan bir o’zbekistonlik bilan tanishdi.