Hamid Karzay - Afg'oniston kelajagi - Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

12 yillik prezidentlikdan so’ng Hamid Karzay Afg’onistonda rahbarlikni yangi odamga topshirish arafasida. Tolibon hokimiyatdan ag’darilganidan beri bu mamlakatda ancha yutuqlarga erishildi. Afg’onistonning katta qismi nisbatan tinch va osoyishta. Lekin Tolibon tahdid va hujumlarni to’xtatmagan. Kobul, shimoliy viloyatlar va janubda xurujlar tinmaydi. Karzay tarqoq jamiyatni birlashtira olmaganlikda tanqid qilinadi. U boshliq hukumat Afg’onistonni nazorat qila olmadi, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan tahlilchilar. Navbahor Imamova mavzuni yoritadi.