Rossiya gumanitar yordami egasiga yetadi, deydi ukrain rasmiylari

  • Amerika Ovozi

Rossiyaning bildirishicha, bu ko’mak Xalqaro qizil xoch qo’mitasi orqali yetkazilmoqda. Donetsk va Luganskda dori-darmon, ichimlik suvi va tok taqchil.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Rossiyadan kirgan harbiy kolonna yo’q qilindi deya bayon qilmoqda. Yuk karvoni esa tekshiruvdan o’tkazilgan.

Ukraina davlat xavfsizligi va mudofaa kengashi vakili Andrey Lisenkoning aytishicha, ikki tomonlama kelishuvga binoan Rossiyadan kelayotgan insonparvarlik yordami Rostov mintaqasiga kirib keladi va Donetsk shahrida tarqatiladi.

AQSh jarayonni kuzatar ekan, karvonda harbiy aslaha yo’q deya xulosa chiqarib, unga yo’l berishga undamoqda.

Rossiyaning bildirishicha, bu ko’mak Xalqaro qizil xoch qo’mitasi orqali yetkazilmoqda. Donetsk va Luganskda dori-darmon, ichimlik suvi va tok taqchil.