Oq uy: O'zbekiston tarixida yangi sahifa ochilmoqda

  • Amerika Ovozi

Oq uy nazarida, O'zbekiston tarixida yangi sahifa ochilmoqda. AQSh rahbari Barak Obama O'zbekiston rahbari Islom Karimov vafot etgani yuzasidan respublika xalqiga hamdardlik bildirdi.

Obama deydiki, O'zbekiston bilan hamkorlik kengayaveradi va Amerika bu davlat mustaqilligi, suvereniteti va xavfsizligini qo'llashda davom etadi. AQSh, deydi prezident, O'zbekiston fuqaro huquqlari e'zozlanadigan jamiyat bo'lishini xohlaydi.

O‘zbekistonni 27 yil davomida boshqarib kelgan Prezident Islom Karimov rasman 2-sentabr kuni Toshkentda 78 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O'zbekiston teleradiokompaniyasida rasmiy axborot o'qib eshittirildi.

Vazirlar mahkamasi va Oliy Majlis birgalikda chiqargan qarorga ko'ra, mamlakat bo‘ylab 3 kunlik motam e’lon qilindi. 3-sentabr kuni Islom Karimov Samarqandda dafn etiladi.

Islom Karimov va AQSh: chorak asrlik rishtalar