Din

E'tiqod erkinligi O'zbekistonda hamon nozik masala

  • Amerika Ovozi

Xalqaro diniy erkinlik bo'yicha AQSh komissiyasi har yili hisobot chiqaradi.

Xalqaro diniy erkinlik bo'yicha AQSh komissiyasi har yili hisobot chiqaradi. Maqsad - jahon bo'ylab e'tiqod bilan bog'liq vaziyat qanday ekanini tahlil qilish va AQSh tashqi siyosatini, jumladan har bir davlatga nisbatan yondashuvni belgilashda bu omilga e'tibor berish. Diniy erkinlik - Amerika uchun ustuvor qadriyatlardan biri.

2017-yilgi tahlilnomada 10 davlatdagi ahvol "alohida e'tiborga molik" deya ta'riflanadi: Myanma, Xitoy, Eritreya, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, Sudan, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston.

Komissiya Kongress va Davlat departamentiga bu davlatlar bilan hamkorlikni cheklashni maslahat bermoqda. Muayyan sanksiyalar qo'yish kerak, deyiladi hujjatda. Ayrimlari allaqachon cheklovlar ostida. Lekin Markaziy Osiyo respublikalari Afg'oniston borasidagi yordami uchun sanksiyalardan xoli.

Markaziy Afrika Respublikasi, Nigeriya, Pokiston, Rossiya, Suriya va Vyetnam ham vaziyat juda tang jamiyatlar deya baholanadi.

Your browser doesn’t support HTML5

E'tiqod erkinligi siz uchun nimani anglatadi?

Hisobotga ko'ra, O'zbekistonda 13 ming 500 diniy mahbus bor. Aksariyati terrorizm va ekstremizm bilan bog'liq jinoyatlarda ayblanib qamalgan. Hukumat chizgan chiziqdan chiqqan musulmonlar va boshqa e'tiqod vakillari bosimga olinadi. Din, davlat nima desa, shu. Diniy materiallar tarqatish taqiqlangan.

Hukumat odatda bunday tanqidga tashqi dunyo, ayniqsa G'arb davlatlari O'zbekistonni tushunmaydi deya javob beradi. Ekstremizmga qarshi kurash keksin choralar talab qiladi va O'zbekistondagi singari siyosat - dunyoviy tuzumni himoya qilish - boshqa davlatlarda ham shu tarzda kuzatiladi, deydi Toshkentdagi ekspertlar.