BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O'zbekistonga tashrif buyurdi. Samarqandda u Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.
Guterrish O'zbekistonni chorak asrdan ortiq davr mobaynida boshqargan Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.
Keyin Orolbo'yi hududidagi vaziyat bilan tanishdi. BMT va O'zbekiston hamkorlikni mustahkamlaydi, degan bayonotlar yangradi.
Muloqotda xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, ekologiya, sog'liqni saqlash, ta'lim, mintaqaviy hamkorlik, O'zbekistonning xalqaro majburiyatlari va inson huquqlari singari masalalar tilga olingan.
Guterrish 9-13 iyun kunlari Markaziy Osiyo bo'ylab safarda.