Gollivudda irqchilik tugatilishiga umid bor

  • Amerika Ovozi

Oskar mukofotining 90-taqdimotida 2017-yilning eng yaxshi kartinalari 24 yo’nalish asosida aniqlanadi. “Men ham” (Me Too),“Qora tanlilar ham odam” (Black Lives Matter), “Oskar sovrindorlari oq tanlilar”(#Oscars So White) kabi norozilik harakatlari tas'iri ostida Gollivud Film akademiyasi bu safar ayollar va ozchilik etnik guruhlar orasidan ko'proq odamlarni ovoz berish jarayoniga jalb etdi.

​Shu paytgacha Oskarga, asosan, oq tanlilar sazovor bo’lgan bo’lsa, endilikda sovrindorlar orasida irqiy va jinsiy mutanosiblikka e'tibor oshgani kuzatiladi.

O’tgan yili “Oy nuri” (Moonlight) va “La La Lend”(La La Land) kartinalari so’nggi bosqichda kuch sinashgan.“Oy nuri” qora tanli odam hikoyasi, raqib kartina “La La Lend” esa oq tanlilar romantikasi haqida. “Oy nuri” filmining Oskarga loyiq topilgani ko’pchilikni hayratga solgan edi.

Jorj Meyson universiteti kartinalar tadqiqoti dasturi rahbari Giovanna Cheslerga ko'ra, irqiy va jinsiy tenglikka e'tibor bu safar ham hammaning diqqat markazida bo'ladi.

“Film akademiyasi yetti ming a’zolik ovoz beruvchilar guruhiga kelib chiqishi turlicha bo'lgan aktyorlar va film ijodkorlarini jalb etishga muvaffaq bo'ldi”,- deydi u.

Oskar nomzodlari orasida qora tanlilar soni ortayotgani va ushbu irq vakillari hikoyalari asosida ko’proq kartinalar ishlanayotgani kuzatilmoqda. Ulardan biri Ikkinchi jahon urushidan qaytgan uchuvchi haqidagi “Madbaund” (Mudbound) filmi.

Film Oskarning eng yaxshi ssenariy muallifi, eng yaxshi aktyor va eng yaxshi kinematografiya nominatsiyalariga qo'yildi. 90 yil ichida ayol kinematograf ilk bor nomzod bo'lmoqda” - deydi Chesler.

Rejissor Jorden Pilning “Yo’qol” nomli qo’rqinchli kinokomediyasi hozirgi irqchilik muammolari haqida.

“Yo’qol”, “Qora qoplon” (Black Panther) filmlarida tomoshabinni junbushga keltiruvchi kuch bor. Bunday filmlarning ahamiyati shundaki, ekranda o’zimizni ko’ramiz”, - deydi Chesler.

“Men ham” nomli ayollar harakatining filmlarga ta’siri seziladi.

“Men ham” harakati shunchalar ta’sir ko’rsatdiku, ortidan “Toqatimiz toq” (#Time'sUP) harakati boshlanib ketdi. Oskar nomzodlarini saralashda ham buning o'rni bo'lgani ehtimoldan holi emas. Ularning yarmi qahramon ayollar haqida. Bosh rollardagi ayollar kartina yo’nalishini belgilamoqda”, - deydi Chesler.

Ulardan biri “Qanotli ayol” (Lady Bird) filmidagi aktrisa, ssenariy muallifi va rejissor Greta Gervig. Ona-bola munosabatlariga qaratilgan kartina Oskarning besh nominatsiyasi bo’yicha da'vogar.

“Kuchsiz Missuri haqiqati uch bilbordda”(Three Billboards Outside Ebbing Missouri) syujeti qizining qotilini topishda oqsayotgan politsiyaga noroziligini ochiq ko’rsatishdan tonmagan ona haqida. Bu obrazda kuchli ayol qiyofasi aks etgan.

Bu yilgi Oskar nomzodlari orasida bir jins vakillari munosabatlari va jinsiy muammolarga qaratilgan kartinalar ham bor. “Meni isming bilan chaqir”( Call Me by Your Name) filmi 80-yillardagi ikki erkakning ishqiy munosabatlarini, “Ajoyib ayol” (A Fantastic Woman) esa jinsini o’zgartirgan ayol hayotini yoritadi.

“Nomzodlar tavakkal qilganini ko’ryapmiz, ayniqsa, xalqaro kategoriyalarda. Ulardan biri “Ajoyib ayol” kartinasi. Rol qoyilmaqom ijro etilgan. Agar mukofotlansa, u jinsini o’zgartirgan birinchi sovrindor bo’ladi. Trans-gender rejissor Yans Ford ham “Mustahkam orol” hujjatli filmi bilan nomzodlar orasida”, - deydi Chesler.

Kinoshunos tahlilchiga ko’ra, Gollivudda oshkoralik va adolatga erishish uchun vaqt kerak. Yillar o’tgan sayin ayollar va ozchilik etnik guruhlar mavzulari ko'proq va adolatli yoritiladi, degan umid bor.