Qamoqdagi ijodkorlar

  • Amerika Ovozi

Amerikaning ayrim qamoqxonalarida musiqa bilan shug’ullanishga sharoit bor. Kaliforniyadagi qamoqxonalardan birida gitara darslari mahbuslar hayotini o’zgartirmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Ijodkor mahbuslar

Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahri yaqinidagi reabilitatsiya markazi qamoqxonaning shafqatsiz hayotidan biroz chalg’ituvchi loyiha boshlagan.

Unga 1960-yillarda Amerikada mashhur bo’lgan “MC5” guruhi solisti, rok ustasi Veyn Kramer badiiy rahbar.

1970-yillarda Kramer narkotiklar bilan ushlanib, ikki yilga qamalgan. Ozodlikka chiqqach, mahbuslarni musiqaga jalb qilishga qaror qildi.

“Mashg’ulotlarda mahbuslar o’zini erkin, xavfsiz, asosiysi inson ekanini his qilishadi. Oddiy odamlarday o’tirib birga mashq qilamiz. Ular mehnatimni, vaqtimni qadrlashadi”, - deydi Veyn Kramer.

“Kimdir musiqa to’qiydi, kimdir she'r. Yana kimdir kuylaydi, boshqa odam gitarada jo’r bo’ladi. Birgalashib ijod qilamiz”, - deydi mahbuslardan biri Osmar Kastro.

Mahbuslar ispan balladasidan tortib, rok, blyuz, rep janrida ham ijro etishadi.

“Klassik rok va blyuz janridagi ijrolarni, ispancha balladalarni ispanzabonlardan eshirishni yoqtiraman. Hozir hammasini o’zim ijro eta olaman”, - deydi yana bir mahbus Xippi.

Qamoqxonada hayot shafqatsiz bo'lishi mumkin.

“Loyiha avvalo irqchilikka chek qo’yadi. Bu yerga kelgunga qadar irqchilikni chetga surib, mehr ulashib yurgan davrlarni his qilishga undaydi”, - deydi mahbus Montrell Xarrel.

Raymond Malachi zarbli cholg’ular ijrochisi bo’lgan. Mahg’ulot zali uning uchun ijod maydoniga aylangan.

“Men kabi ijrochilar uchun ayni muddao. Oldin kim edik deb emas, ayni damda o’zligini topgan san’atkor sifatida ijod qilyapmiz”, - deydi u.

Musiqa mahbuslarga kelajakka umid eshigini ochmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Ispan balladasidan tortib, rok, blyuz, rep ijro etayotgan mahbuslar