"Vashington choyxonasi" dasturining navbatdagi sonida AQShdagi o'zbekistonlik muhojirlar hayoti, ular amalga oshirayotgan ishlar, umuman, Amerikadagi o'zbekistonliklar jamiyatining buguni va ertasi haqida suhbat qurdik.
Bu galgi suhbatdoshimiz Solih Yahyoyev - jurnalist, asli o'zbekistonlik. Hozir Nyu-York shahrida istiqomat qiladi. Bu yerdagi o'zbekistonliklar jamoasi faoli. Ayni paytda Nyu-York shahrida chop etilayotgan "Golos Vostoka", ya'ni "Sharq ovozi" deb nomlangan jurnal bosh muharriri. Solih aka, dasturimizga xush kelibsiz.
AQShdagi o'zbekistonliklar jamiyatining kelajagi qanday? Ular borgan sari uyushmoqdami yoki tarqalib, Amerika madaniyati va hayot tarziga singib yo'q bo'lib ketish xavfi bormi?
Solih Yahyoyev bilan shu va boshqa savollar atrofida suhbat qurdik. Muloqotimizni quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5