AQSh-O'zbekiston: Davlat departamentida uchrashuv

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi o'rinbosari Jon Sallivan va O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Davlat departamenti, 27-iyul, 2018

Bugun Vashingtonda AQSh Davlat kotibi o'rinbosari Jon Sallivan O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muloqot qildi. Asosan e'tiqod erkinligi va inson huquqlari haqida gaplashilgan.

Amerika nazarida O'zbekistonda bu borada ijobiy o'zgarishlar kuzatilmoqda va Tramp ma'muriyati progress to'xtab qolmasligi uchun yordam berishga bel bog'lagan.

Mehnat huquqlari bobida ham ildam qadamlar tashlanmoqda lekin islohotlar sistematik tus olishi kerak, deya undamoqda AQSh. Vashington Toshkentdan Afg'oniston yuzasidan hamkorlik uchun minnat va u yerda tinchlikka erishishda birga ishlashda davom etadi.