Turkiya politsiyasi "Amerika Ovozi" muxbirini bir muddat hibsga oldi

  • Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" o'zbek xizmati muxbiri Malik Mansur

"Amerika Ovozi" muxbiri Malik Mansur kecha, yakshanba, 28-oktabr kuni, Istanbulda Saudiya Arabistoni konsulligi oldidagi namoyishni tasvirga olayotganida politsiya tomonidan olib ketilgan edi.

Bugun oqshom qo'yib yuborildi. Unga Turkiyadan chiqib ketmaslik buyurilgan. Malik Mansur o'zini aybsiz deb biladi, chunki jurnalistik vazifasini bajarayotgani uchun nazoratga olingan.

Tafsilotlarni tez orada uning o'zidan tinglaysiz. Malik Mansur Turkiyadagi vatandoshlar hayotini yoritayotgan edi. O'zi Germaniyada istiqomat qiladi.