Asl amerikalik qanday bo'lishi kerak?

  • Amerika Ovozi

AQSh aholisining 25 foizga yaqini mamlakatda tug’ilgan barcha xristianlarni asl amerikaliklar deb hisobaydi. Biroq ko’p sonli aholi odamlarga teng munosabatda bo’la olish va o’z xatti-harakatari uchun mas’ullik shaxsning asl amerikalik ekanini belgilaydigan sifat deb biladi.

“Odamlar, haqiqtdan ham, shaxsiyat yoki ijtimoiy kelib chiqishidan ko’ra ideallarga o’xshashlikni asl amerikalik bo’lishning muhim talabi deb hisoblaydi”, - deydi mazkur mavzu bo’yicha milliy so’rov o’tkazgan olim Kaleb Elfenbeyn.

So’rovda 18 yoshdan oshgan 1000 kishi ishtirok etgan.

Ishtirokchilarning 24 foizi Amerikada tug’ilganlarning barchasi asl amerikalik deb hisoblaydi. 23 foiz ishtirokchilar hayotining aksariyat qismini mamlakat zaminida o’tkazganlarni chinakam amerikaliklar deb biladi. Haqiqiy amerikaliklar xristian bo’lishi lozim deb hisoblaydiganlar 23 foizni tashkil etgan.

Bu borada respublikachilarning demokratlarga qaraganda torroq fikrlashi aniqlangan. 32 foiz respublikachilar Amerika zaminida tug’ilish asl amerikalik bo’lishning muhim sharti deb biladi. Ayni ko’rsatkich demokratlar orasida 18 foizni tashkil etadi.

Asl amerikalik ingiz tilida so’zlashishi kerak degan shartda fikrlar nisbatan umumiy bo’lgan. 44 foiz ishtirokchilar ana shunday fikrda. Ularning 62 foizi respublikachilar, 29 foizi demokratlardan iborat.

Mamlakatda immigratsiya mavzusi qizg’in muhokama qilinayotgan bir paytda so’rov natijalari aksariyat amerikaliklarning immigratsiyani qo’llab-quvvatlashini ko’rsatgan. Ko’pchilik immigratsiya hajmi amaldagi holida saqlanib qolishi yoki yanada kengaytirilishi kerak degan javob bergan.

Ishtirokchilar ayrim etnik va diniy guruhlar kamsitilmoqda deb hisoblaydi. Jumladan, 56 foiz amerikalik musulmonlarni diskriminatsiyani his qilib yashaydi deb belgilagan. Shuningdek, 52 foiz ishtirokchilar mamlakatda qora tanlilar kamsitiladi deb biladi.