"Amerika Ovozi" ijodiy guruhi Kanadaga qilgan safari davomida ko'plab vatandoshlar bilan uchrashdi.
Muloqotlarimizdan biri Toronto shahrida o'z advokatlik firmasini ochgan Rakhmadjon Sobirovning ofisida bo'ldi. Bu yerda bir guruh o'zbekistonliklar bilan davra suhbati o'tkazdik.
Kseniya Tsoy asli farg'onalik. Dunyo bo'ylab faoliyat yuritadigan "Ochiq dunyo va madaniyat" (World Culture Open) nodavlat tashkilotining Xalqaro aloqalar byurosi rahbari. Suhbatimiz davomida uning professional illyustrator ekanini ham payqadik. U suratlar orqali O'zbekistonni kanadaliklarga tanishtirayotganini aytadi.
Advokat Rakhmadjon Sobirovning aytishicha, vatandoslar tez-tez shunday uchrashuvlarga yig'ilib turadi.
Torontoda faoliyat yuritadigan yana bir professional vatandoshimiz Anvar Isamuhamedov. Telekommunikatsiya, elektron to'lov tizimlari, qurilish logistikasi va marketing bo'yicha mutaxassis O'zbekiston Kanadadan ko'p narsa o'rganishi mumkinligini aytadi.
Vatandoshlar bilan muloqot juda maroqli kechdi. Ularning barchasi O'zbekistondagi o'zgarishlarni yaqindan kuzatayotganini, agar imkoniyat va talab bo'lsa, vatan ravnaqi uchun o'z hissalarini qo'shishga tayyor ekanliklarini aytadi.
Quyida muloqotimizni to'liq tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5