O'zbekiston AQShning Mississippi shtati bilan yetti yildan beri harbiy hamkorlik qilib keladi. AQSh Mudofaa vazirligi yuritadigan maxsus dastur doirasida Markaziy Osiyoning har bir mamlakati biror shtat bilan shunday sherik.
Maqsad, deydi rasmiylar, Amerika qurolli kuchlari va muayyan davlat harbiylari orasida aloqa bo'lishini, tajriba almashish va hamjihatlikni ta'minlash.
Mississippi shtatida bir necha mamlakat harbiylari ishtirokida kontrterrorizm mashqlari o'tib, ularda O'zbekiston zobitlari ham qatnashdi.
Jarayonni kuzatish uchun O'zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov boshliq delegatsiya keldi.
Mehmonlar Florida shtatining Tampa shahrida ham bo'lib, Markaziy qo'mondonlik rasmiylari bilan uchrashadi. Vashingtonga tashrif rejada yo'q.
O'zbekiston hukumati Mississippi gubernatori Fil Brayantni respublikaga taklif qilgan. Brayant shu bahor tashrif buyurishi mumkin.