O'zbekiston afg'on tinchlik muzokaralariga mezbonlikka shay

  • Amerika Ovozi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMTning Afg'onistondagi bosh diplomati Tadamichi Yamamoto bilan, Toshkent, 5-fevral, 2019

O’zbekiston Afg’oniston hukumati va Tolibon orasidagi muzokaralarga mezbonlik qilishga tayyor.

BMTning Kobuldagi bosh diplomati Tadamichi Yamamoto bilan Toshkentdagi uchrashuvda shu va boshqa mintaqaviy masalalar haqida gap ketgan.

O’zbekiston Afg’onistonda murosa va tinchlik tarafdori, deya eslatmoqda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov.

Mirziyoyev ma'muriyatiga ko'ra, qo'shni davlatlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ular bilan hamkorlikni oshirish, xususan Afg'oniston bilan siyosiy, tijoriy va madaniy rishtalarni mustahkamlash ustuvor vazifa.

Tolibon vakillari Toshkent bilan muloqotda. O'zbekiston rahbariyati Kobuldagi markaziy hukumat va mamlakatning katta qismini nazorat qilayotgan qurolli muxolifat orasida tinchlik muzokaralari boshlanishini va tomonlar murosaga kelishini istaydi.

Toshkentda BMT-O'zbekiston muloqoti, 5-fevral, 2019

BMT rasmiylari Helena Freyzer va Tadamichi Yamamoto, Toshkent, 5-fevral, 2019