AQSh Prezidenti Donald Tramp 5-fevral kuni Kongressning har ikki palatasi yig'ilgan qo'shma majlisida xalqqa murojaat qildi.
An'anaga muvofiq har yili o'tkaziladigan bunday tadbirda davlat rahbari o'tgan bir yilda qilingan ishlar va kelajak rejalari haqida Kongressga hamda xalqqa hisobot beradi.
Tramp murojaati Vashington siyosiy mojarolar domiga tortilgan, prezident va demokratlar o'rtasida ziddiyat yanada kuchaygan bir paytda amalga oshdi.
Prezident nutqida nimalar haqida gapirdi? Demokratlar va keng jamoatchilik uni qanday qabul qildi? Tramp qonunchilarni birlashishga chaqirdimi? Bu borada qanday amaliy yechimlar taklif qilindi. AQSh xalqaro siyosatida qanday o'zgarishlar bo'lishi kutilyapti?
"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida shu savollar atrofida fikr yuritdik. Muloqotimizni quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5