Amerikaning har qaysi burchagida o’zbekistonliklarni uchratish endi yangilik emas. “Amerika Ovozi” jamoasi Tennessi shtati, Nashvill shahriga safar qilarkan, 30 dan ortiq o’zbek oilalari joylashgan mahallalardan birida bo’ldi.
Your browser doesn’t support HTML5
Ulardan ko’pchiligi oilaviy oshxona bizneslari, haydovchilikka sho’ng’igani, ayollar esa asosan uyda, farzandlar tarbiyasi, pazandachilik bilan mashg’ul ekani ko’zga tashlanadi.
Alisher Badalov qirg’izistonlik o’zbeklardan. O”sh davlat universitetida biznes boshqaruvi bo’yicha, magistr darajasini olgan. Talabalik yillaridayoq Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Qirg’izistondagi filialida kredit taqsimoti bo’yicha mutaxassis sifatida ish boshlagan. Amerikada 2007-yildan beri yashaydi.
Fayoza Rahmonova asli qashqadaryolik. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti o’zbek filologiyasi fakultetida magistraturani tugatgan.
Ish faoliyatini universitetning o’zida, magistratura yillarida amaliyot o’qituvchisi sifatida boshlagan. Keyinchalik Toshkent davlat yuridik instituti qoshidagi va Qashqadaryodagi litseylardan birida dars bergan. 2010-yildan beri Amerikada.
Bir-birini ijtimoiy tarmoqlarda topib turmush qurgan oila ikki farzandni tarbiyalayapti. Ularning har ikkisi ikkinchi bor turmush qurarkan, “faqat yomonga emas, hatto eng yaxshi odam bilan yashasang ham sabr qilish kerak, albatta” shiori bilan yashaydi.