Afg'oniston-O'zbekiston: Termizdagi chegara, postdagi vaziyat va xavfsizlik

Termiz, Surxondaryo viloyati

Afg'oniston va O'zbekistonni Amudaryo ustidan o'tgan 800 metrdan sal uzun ko'prik bog'lab turadi. O'zbekistonning eng qisqa chegarasi Afg'oniston bilan: 155 km.

Termiz - chegara shahar. Uni kezar ekanmiz, notinch o'lkaga yaqin ekanimizni his qilish qiyin. Chegara shaharning har burchagida qurilishlar, asosan yangi uylar va savdo majmualari barpo etilmoqda. 2018-yilning kuzidan beri Surxondaryo viloyatida Afg'oniston konsulligi xizmat ko'rsatadi. Kuniga 200-250 afg'on O'zbekistonga kirib chiqadi.

"Amerika Ovozi" konsul Sangin Sakandariy bilan muloqot qilar ekan, bu vakolatxona ochilish tarixi, bugungi siyosiy, iqtisodiy va madaniy rishtalar, O'zbekistondagi afg'onlar, Afg'onistondagi o'zbeklar va chegaradagi vaziyat haqida so'radi.

Chegara, boshqa qo'shnilar bilan qiyoslaganda uncha uzun emas, lekin Afg'oniston hamon dunyodagi eng notinch mamlakatlardan biri. Xavfsizlik borasida xavotirlanishga o'rin bormi?

Bugungi savdo ko'lami qanday?

Tomonlar bir-biridan nima kutmoqda?

Suhbatni tomosha qiling:

Your browser doesn’t support HTML5

Termiz: Afg'on konsuli bilan muloqot