Samandar Qo'qonov endi nima qilmoqchi?

Samandar Qo'qonov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, Toshkent, 12-iyul, 2019

O'zbekistonda Islom Karimov rahbarligi davrida chorak asr panjara ortida o'tirgan Samandar Qo'qonov oqlanish umidida Oliy sudga murojaat qilgan edi. Arzi qondirilmadi. Endi nima qilmoqchi? "Amerika Ovozi" Toshkentda sobiq siyosiy mahbus bilan uning talabi va bugungi O'zbekston xususida gaplashdi. Qo'qonov bilan bir necha oy oldin suhbatlashganimizda oilaviy boyligi, Islom Karimov, sud ishi, qamoqdagi kechinmalari va Prezident Shavkat Mirziyoyev haqida so'zlab bergan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Samandar Qo'qonov: Sha'nim va qadrim uchun kurashdaman

"O'zbekiston Oliy sudidan adolat kutgan edim. Afsuski, sud hukmi hech narsani o'zgartirmaydi," - deydi Samandar Qo'qonov.

"Men asossiz va begunoh qamalganman. 1992-2016 yillar orasida qamoqda o'tirdim. U yerdan tirik chiqdim, adolatga ishonib, nomimni oqlash uchun sudga murojaat qildim... O'zbekistonda sudlar mustaqil bo'lishi uchun balki hali yarim asr kerak. Men umidni boy bermayman. Ahdimdan qaytmayman".

Samandar Qo'qonov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, Toshkent, 12-iyul, 2019