Xitoy hukumati e’tiqod erkinligiga tobora kuchli raxna solmoqda. AQShning xalqaro diniy erkinlik bo’yicha komissari Gari Bauer “Amerika Ovozi” bilan suhbatda Xitoy hukumati barcha diniy konfessiyalarga qarshi urush e’lon qilganini aytdi. Bu haqda AQSh siyosatini aks ettiruvchi quyidagi lavhada tanishasiz.
“Xristianlar, ibodatxonalar so’nggi yillarda kuchli tazyiq ostida qoldi. Ayrim ibodatxonalar
yopildi, buzib tashlandi. So’ng davlat ro’yxatidan o’tib, hukumat ko’rsatmalari bilan ishlayotgan ibodatxonalarga bosim o’tkazildi. Xitoyning Shinjon hududidagi uyg’ur va boshqa musulmon aholi vakillari maxsus lagerlarda hibsda. Ularning soni bir milliondan uch milliongacha bo’lishi mumkin”, - deydi komissar Bauer.
Rasmiyning aytishicha, Pekin Xitoy Kommunistik partiyasi mafkurasidan boshqa har qanday g’oya va e’tiqodga ergashgan fuqarolariga shafqatsizlarcha chora ko’rishini bildirib qo’ymoqchi.
Diniy erkinlik masalalariga bag’ishlangan vazirlar majlisida nutq so’zlar ekan, AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyni inson huquqlari ayanchli ravishda buzilayotgan mamlakat deb atadi.
“O’tgan yilning sentabr oyida Falun Gong diniy guruhi vakili Chen Xuysiya uch yarim yilga qamaldi. Aybi uning e’tiqodi. 2018-yil dekabrida diniy erkinlikka bosim o’tkazgan hukumatni qoralagan ruhoniy Vang Yi hibsga olingan. U hanuz panjara ortida”, - deydi Bauer.
AQShning Diniy erkinlik bo’yicha xalqaro komissiyasi dunyo bo’ylab e’tiqodi yo’lida mahbusga aylangan bir qator shaxslarning ozod etilishini talab qilgan. Ulardan biri xristian cherkovi rahnamosi Xu Shijen 16 yil davom etgan dastlabki hibs yillarida qiynoqqa solingan. 2015-yilda qaytadan hibsga olingan. 2017-yilda “davlatni ag’darishga urinish” aybi bilan yetti yarim yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Amerika Qo’shma Shtatlari diniy erkinlikni o’z tashqi siyosatining muhim qismi sifatida faol targ’ib qiladi. Davlat kotibi Mayk Pompeo bu xususda shunday deydi: “Diniy erkinlik amerikaliklar tabiatiga singib ketgan qadriyat. Biroq u Amerikaga xos yagona g’oya emas. Aksincha, BMTning Inson huquqlari deklaratsiyasida diniy erkinlik dunyoviy huquq ekani ta’kidlangan”.