Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi yillik sessiyasida, qolaversa uning atrofida kechayotgan tadbirlarda uyg'urlar masalasi keng muhokamada.
Bu mavzu diqqat markazida turishi uchun jonbozlik ko'rsatayotganlar nafaqat uyg'urlar, balki AQSh hukumati hamdir. Prezident Donald Trampdan tortib Vitse-prezident Mayk Pens, Davlat kotibi Mayk Pompeo va uning muovinlari qay minbardan gapirmasin, Xitoyni uyg'urlarni ezishda davom etayotganlikda, bu elatni yo'q qilishga urinayotganlikda ayblamoqda.
Amerika uyg'urlarni quvvatlashdan to'xtamaydi va hamkor davlatlarni ham shu yo'ldan borishga undaydi, deydi rasmiylar. Nyu-Yorkda Jahon Uyg'urlari Kongressi yetakchilaridan biri Umar Qanot (Omer Kanat) "Amerika Ovozi" bilan muloqot qildi.