Ovoz berish huquqi uchun kurashgan ayollarni amerikaliklar “safrejet” deb atashgan. “Safrej” “ovoz berish” ma’nosini bildiradi.
Safrejetlar turli belgilar tushirgan, o’zlarini temir yo’lga zanjirband qilgan, politsiyachilarga soyabonlar bilan hujum qilib, hukumat idoralari va do’konlarga bostirib kirgan, namoyishlar uyushtirgan.
“Bu ko’rgazmamiz safrij haqidagi biz ko’p eshitgan va bilgan voqealar, qahramonlarga nazar tashlaydi, masalan, ayollarni ovoz berish uchun kurashishga da’vat etgan Syuzan Antoniga o’xhagan. Shunday bo’lsa-da, ko’p kishilar nazardan chetda qolgan”, - deydi Liza Greddy, ko’rgazma kuratori.
O’sha davrdan beri bu yo’lda kurashgan va g’alabaga erishgan ko’plab ayollar – Amerika tarixi milliy muzeyidagi ko’rgazmaning diqqat markazida.
Ularning shaxsiy buyumlari, qo’lda chizgan bannerlari, nishon, surat va boshqa hujjatlar, hattoki Vakillar palatasining tarixdagi birinchi ayok spikeri – Nensi Pelosining bolg’asi – bularning barchasi Vashingtondagi bu ko’rgazmaning bir qismidir. Ayollarning fuqarolik va siyosiy huquqlari uchun uzoq olib borgan va olib borayotgan kurashi ifodasidir.
Your browser doesn’t support HTML5
“Mazkur ko’rgazmada biz bilgan va bilmagan kishilarni, ularni gavdalantiruvchi kolleksiyalarni o’zaro qiyosiy aks ettirishni istadik. Masalan, Nyu-York shahrida ayollarning ovoz berishi uchun kurashgan asli xitoylik ayol Meybl Lini olaylik. O’zgartirish o’tgan bo’lgan taqdirda ham xitoyliklar fuqarolikka olinmagani sababli ovoz berolmasa-da, baribir ayollarni ovoz berishi uchun kurashgan”, - deydi Liza Greddy, ko’rgazma kuratori.
Ayollarni ovoz berish huquqini ta’minlovchi qonun 1919-yilda qabul qilingan, garchi u 1878-yilda birinchi bor taklif etilgan bo’lsa-da.
Ovoz berish huquqi uchun kurashgan, jumladan Syuzan Antoni va Elizabet Keydi Shanton kabi ayollar sharofati ila nihoyat 1920-yil 18-avgustda o’zgartirish ratifikatsiya qilingan.
“Biz safrijni 1977-yil Hyustondagi Ayollar konferensiyasi, ya’ni ayollar huquqlari himoyasini prezident va Kongress kun tartibiga qo’ygan voqea hamda ayollar harakatining jonlanishi sifatida ko’rilgan 2017-yilgi namoyish bilan o’zaro qiyoslashga urindik. Har ikki harakatda ham ayollar yana qayta safrajetlarga aylandi, ulardan ilxomlanganlar, ularning rolini bajarganlar”, - Liza Greddy, ko’rgazma kuratori.
Prezident Donald Trampning inauguratsiyasidan so’ng 2017-yilda AQShning bir qancha shaharlarida ayollar namiyoshi yuz berdi. 5 million kishi qatnashgan bu namoyish Amerika tarixidagi bir kunlik eng katta namoyish sifatida qoldi.
“2017-yildagi namoyishda biz safrij harakatini eslatuvchi posterlar ko’targan, 1848-yildagi Seneka Fols, ya’ni birinchi marta ayollarni ovoz berishga chaqirgan o’sha Konvensiyani aks ettiruvchi bo’gich qadagan ayollarni ko’rdik. Mana shu buyumlar bugun muzeyda”, - Kleir Jerri, ko’rgazma kuratori.
“Ayollar o’z huquqlarini da’vo qildi, tarixni o’zgartirdi. Masalan, bugun muzeyda qo’yilgan 2017-yildagi mushuk qalpoqlarni olaylik. Kamsitish ma’nosida ishlatilgan so’zni kuch-qudrat belgisi sifatida ko’rishga urinish bu”, - deydi siyosiy va harbiy tahlilchi Betani Bemis.
Amerika tarixi milliy muzeyidagi ko’rgazmada 60 dan ortiq eksponatlar bor. Ba’zilari Ayollar Safrij uyushmasi tomonidan 1920-yilda taqdim etilgan.