AQSh bo'ylab koronavirusdan o'lganlar 100 mingdan oshdi va kun sayin ko'payib bormoqda. Amerika o'tgan yarim asrda qatnashgan urushlarda ham buncha ko'p fuqaro vafot etmagan.
Pandemiya eng keng tarqalgan mamlakat ham AQSh bo'lib qolmoqda.
Vashington shtati gubernatori Jey Insli:
"Hammamiz hayotimizda o'zgarishlar qilishimiz kerak endi. Vaqtincha lekin zarur o'zgarishlar. Aks holda talofatlarning oldini ololmaymiz. Hayotimiz xavf ostida".
Virus mart oyi o'rtalarida avj ola boshladi. AQShning sharqiy shtatlarida yoyildi.
Kasalxonalar tayyor emasligi oydinlashdi. Yetishmovchilik, texnik nochorlik.
Buni ham ko'ring Bugungi Amerika: savollarga javoblar
Aprel oyi boshida Nyu-York ahlidan eshitganlarimiz:
"O'lim hollari shu qadar ko'pki, odamlarni vaqtida ko'ma olmayapmiz. Zarur tizimlar bunday favqulodda hollarga tayyor emas ekan".
Dafn xizmatlarini ko'rsatadigan bizneslar bosim ostida qoldi. Jasadlarni tashish, azador oilalarga yordam berish - bu ishlarni yo'lga qo'yish vaqt oldi, qo'shimcha mablag' talab qildi.
"Joy yo'q jasadlar uchun...", - degan shikoyatlar yangray boshladi.
Aprel oyi o'rtalarida Nyu-Yorkda vaziyat yanada og'irlashdi. Kuniga yuzlab odamlar o'layotgan edi. Sog'liqni saqlash xodimlari ruhan ezilib ketganini yashira olmadi.
"Yosh bolalar yetim qolmoqda. Odamlarning hayotini asrab qololmayapmiz".
Hukumat kasalxonalarni barcha zarur vositalar bilan ta'minlayotganini qanchalik qayd etmasin, shifokorlar o'lim ko'lami yuqori ekanini tasdiqlab turdi.
"Dahshatli ahvoldamiz... Bunchalik ko'p bemor ko'rmaganman oldin. Bugun olti kishini boy berdik, o'zim ko'rganim", - dedi bir doktor.
Buni ham ko'ring Oq uy koronavirus testi va niqob masalasni tushuntirdiNyu-York shtati Amerikaning pandemiya o'chog'i bo'ldi. Gubernator Endryu Kuomo har kuni xalqqa murojaat qildi.
"Hamma narsa o'zgardi. O'rganamiz yangi sharoitga. Lekin saboq olamiz. Qo'rqinch, xavotir, birortasi tezda bitmaydi. Normal hayotga qachon qaytamiz deb so'rayapsiz. Menimcha, normal hayot degan narsa ham o'zgardi".
Katta shaharlar huvillab qoldi. Odamlar uyda o'tirishga majbur bo'ldi, boshqa davlatlardagidek.
Oq uy koronavirus bilan bog'liq inqiroz iqtisodiy inqirozga aylanmoqda, deya ogohantira boshladi. AQSh qimmatbaho qog'ozlar bozorida savdo o'ldi.
Bizneslar ishdan to'xtadi. Barcha sanoatlarda faoliyat cheklandi.
Tirikchilik, daromadga misl ko'rilmagan darajada zarar yetdi.
"850 ishchimizdan 650 nafari ishsiz endi", - dedi bir tadbikor.
Oq uy qanchalik tanqid ostida bo'lmasin, xatolarni tan olmadi.
Buni ham ko'ring Tramp: Koronavirus bilan bog'liq tanqidlar o'rinsizPrezident Tramp o'lim hollari 100 mingga yetmaydi deya ishonch bildirdi.
"Uzog'i bilan 60-65 ming kishini yo'qotamiz", - dedi u brifinglarda.
"Bu ham katta talofat bo'ladi. Juda katta talofat".
Texas va boshqa shtatlarda odamlar choralardan nolib, namoyishlarga chiqdi. Ochilishni talab qildi.
Jorjiya shtati gubernatori Brayan Kemp "ochilamiz" deya o'z qarorini tushuntirdi:
"Hamma ham bevosita zarar ko'rmayapti va xavf ostida emas. Astalik bilan bizneslar ochilishi, odamlar korxonagalarga qaytishi kerak".
Buni ham ko'ring Tramp hayot-mamot haqida nima dedi? Vatandoshlar hayoti qanday?
27-aprelida bu shtatda restoranlar ham qayta ochildi.
Kasallik alomati bo'lmasa, marhamat, deb yozib qo'yildi.
Lekin Nyu-Yorkda vaziyat og'irligicha qolaverdi.
Pensilvaniya shtatida aholi yaqinlarini ko'mish uchun ruxsat berishmayotganidan shikoyat qildi:
"Onamni ko'mish uchun bittamiz bora olishimizni aytishdi. Birortamiz bormadik. Chunki bu juda og'ir edi".
Virtual iborat, virtual janoza.
May oyi keldi, vaziyat hamon murakkab.
"Ey xudo, deyman. Vyetnam urushida qatnashganman. Tibbiy xizmatchi edim. Lekin bunchalik xavotirda yashamaganman. Oilam uchun bunchalik qo'rqmaganman", - dedi bir amerikalik.