"O'tkan kunlar" Germaniyada chop etildi
Your browser doesn’t support HTML5
Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani Germaniyada nemis tilida chop etildi. Kitobga “Toshkentlik oshiqlar” (“Die liebenden von Tashkent”) deb nom berilgan. Shoir va tarjimon A’zam Obidga ko’ra, nemis tilidagi bu nashrga bundan 50 yillar avval rus tilidan qilingan tarjima asos qilib olingan.