Bobomurod Abdullayev qo'yib yuborildi, Toshkentdan gapirdi

  • Amerika Ovozi

Bobomurod Abdullayev Toshkentda "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, dekabr, 2018.

Bugun Bishkekdan Toshkentga olib kelingan Bobomurod Abdullayev qo'yib yuborilgan. "Amerika Ovozi" aniqlashicha, Abdullayev hozir yaqinlari bilan. Ish yopilmagan, lekin bu ish o'zi nimadan iborat, bunga tegishli organlar hali izoh bermagan va tushuntirmagan. Tafsilotlarni shu yerda kuzatib boring.

Your browser doesn’t support HTML5

Bobomurod Abdullayevning Toshkentdan murojaati, 22-avgust, 2020


Yevropa va AQShdagi huquq himoyachilari Qirg'iziston jurnalist Bobomurod Abdullayevni hibsga olib, uni O'zbekiston hukumatiga topshirganini qoralab, Toshkentni mahbusni qo'yib yuborishga chaqirayotgan edi.

Aks holda, deya eslatmoqda ular, Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlar va o'zgarishlar haqidagi va'da va bayonotlariga ishonch va umid keskin pasayadi.

O'zbekiston Bosh prokuraturasi Abdullayev Toshkent so'rovi bilan qamoqqa olinganini tasdiqlagan xolos. U nimada gumon qilinayotgani, qanday ayblov bilan yuzlashishi mumkinligi va umuman, masala yuzasidan hukumat hozircha biror ma'lumot bermagan.

AQSh ham Toshkentni so'z va matbuot erkinligini e'zozlashga, Abdullayevning huquqlarini buzmaslikka chaqirgan edi.

2018-yilda "Amerika Ovozi" bilan Toshkentda o'tgan muloqotida, Bobomurod Abdullayev O'zbekistonda o'zgarishlarga ishonishini, lekin islohotlarga to'sqinlik qilayotgan jiddiy kuchlar borligini aytgan edi. Suhbatni to'liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin: