Nyu-Yorkdagi vatandoshlar prezidentlik uchun kimni quvvatladi?

Your browser doesn’t support HTML5

Saylov-2020 Nyu-Yorkdagi o'zbekistonliklar nigohida

19,5 millionga yaqin aholisi bor Nyu-York shtatida saylovchilarning aksariyati prezidentlik uchun demokrat Jo Baydenga ovoz bergan. Shtat saylov kollegiyasi shunga qarab, uni quvvatladi.

Sobiq ittifoqdan chiqqan diasporalarda saylovchilarning ko'pi 2016-yilgi saylovda ham, bu yil ham respublikachi Donald Trampni yoqlagan.

Nyu-Yorkning Bruklin tumanida yashovchi o'zbekistonliklarning fikr-qarashlari aksariyat hollarda rusiyzabon muhojirlarniki bilan hamohang.

“Mahalla USA” jamiyatida yig’ilgan bir guruh vatandoshlar bilan gaplashib, hozirgi qizg'in jarayonlarni muhokama qildi.