Bayden COVID-19ga qarshi kengash tuzdi

  • Amerika Ovozi

Jo Bayden prezidentlikka 2021-yilning 20-yanvaridan kirishadi

AQShda koronavirusga chalinganlar 10 millionga yaqinlashar ekan, o'tgan hafta prezidentlikka saylangan Jo Bayden 9-noyabr kuni COVID-19 maslahat kengashini tanishtirdi.

Buni ham ko'ring Bayden: koronavirusga qarshi kurash - asosiy vazifa

13 mutaxassisdan iborat hay'atga Deyvid Kessler raislik qiladi. U bir paytlarda AQShda dori-darmon nazoratiga mas'ul agentlikni boshqargan. Kengashda Amerikaning yetakchi ilmiy dargohlaridan olimlar bor.

"Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bizning ma'muriyat oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri bo'ladi va men ilmiy izlanishlarga va ilm ahliga quloq tutaman", - deydi Bayden.

U prezidentlikka 2021-yilning 20-yanvaridan kirishadi.