O'zbekiston Eksportchilar Uyushmasi: bugungi prioritetlar

Your browser doesn’t support HTML5

O'zbekistonda eksport hajmini oshirish va ishlab chiqaruvchilarni quvvatlash uchun nima qilmoq zarur? 2019-yilda tuzilgan va qariyb 4000 kichik va o'rta bizneslar kirgan O'zbekiston Eksportchilar Uyushmasi rahbari Muxtor Umarov bilan Toshkentda muloqot.
O'zbekistonda eksport hajmini oshirish va ishlab chiqaruvchilarni quvvatlash uchun nima qilmoq zarur? 2019-yilda tuzilgan va qariyb 4000 kichik va o'rta bizneslar kirgan O'zbekiston Eksportchilar Uyushmasi iqtisodiyotning turli jabhalarini kengaytirish va mahsulotni jahon bozoriga olib chiqish yo'lida xizmat qiladi. Uyushma rahbari Muxtor Umarov "Amerika Ovozi" bilan muloqotda shunday dedi.

Uyushmaning bugungi faoliyati aynan nimadan iborat? Xususiy sektor ravnaqi uchun mamlakatda qanday qadamlar tashlanishi kerak? Davlat va bizneslar orasidagi bugungi munosabat xususida ham gaplashdik. Umarov bu hafta O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasiga rais etib saylandi.

Suhbatdoshimiz bir necha yil Qo'shma Shtatlarda faoliyat yuritgan. 2002- yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. 2006-2010 yillarda "Chromos Production", 2011-2015 yillarda "Everest Impex Plus" firmalarini boshqargan. 2018-2019 yillarda esa Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasiga raislik qilgan. "Amerika Ovozi" Umarov bilan Toshkentda "Rework" jurnalistika maktabida yoshlar bilan muloqotdan keyin suhbatlashdi. Hamkorlik uchun "Rework" jamoasidan minnatdormiz.