“Amerika Ovozi” bu safar O’zbekistonda Navro’z ayyomida bordi. Qor yog’di, poytaxt sovuq. Jamoatchilik koronavirus pandemiyasi ancha bosildi-yov, bu yo’giga endi vaziyat yaxshilanaveradi, deya umidga to’la.
Xalqaro ommaviy axborot vositasi va O’zbekistonga vaqti-vaqti bilan safar qilib turadigan media tashkilot sifatida respublikaga tashqi dunyo ko’zi bilan qaraymiz. Mahalliy muammolar, fuqarolarning shikoyat va murojaatlarini yoritmaymiz. Ammo ularga aslo befarq emasmiz. Vaziyatni uzluksiz kuzatib, mamlakatdagi hamkorlarimiz va hamkasblarimiz bilan doimiy aloqa va muloqotdamiz.
Bu yil prezident saylovlari. Xalqaro hamjamiyat e’tibori O’zbekistonga nisbatan oshsa oshadiki, pasaymaydi. Xalq bugun qanchalik erkin nafas olmoqda? Fuqaro va hukumat orasida ishonch qanchalik shakllandi? Davlat bugun o’ziga qanchalik ishonadi? Iqtisodiy vaziyat hozir har yerda zaiflashgan, shu jumladan O’zbekistonda ham. Bu mamlakatga ham sarmoya zarur. Biroq har qanday taraqqiyot imkoniyat talab qiladi. Imkoniyat ko’lami esa siyosatga, rahbariyatga, qolaversa davlat demokratik tuzumga aylanmoqchi bo’lsa, parlamentiga borib taqaladi. Demokratiya siyosiy plyuralizm demakdir.
Oliy Majlisga 2019-yilgi saylovlarda va bu jarayonlar ketidan “Milliy Tiklanish” Demokratik Partiyasi O’zbekistonda muxolif taraf sifatida maydonga chiqishini qayd etgan edi. Chiqmadi. Bugungi maxsus dasturimiz shu partiya lideri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spiker o’rinbosari Alisher Qodirov bilan. Bir necha qismdan iborat intervyumizda qonunchilikdagi o’zgarishlar, ular ortidagi omillar, O’zbekistonning buguni va ertasi bilan bog’liq ko’plab dolzarb masalalarga birma-bir to’xtalamiz.