Turkiyaning Izmir viloyati Urla tumanidagi O‘zbek qishlog‘i. O‘zbek tarixi haqida ma’lumot yo‘q, 1950-yil tuman hokimiyati binosida chiqqan yong‘inda arxiv yonib ketgan.
Bu yerda o‘zbeklar emas, turklar yashaydi, bir paytlar greklar ham yashagan. Unda nega qishloqning nomi O‘zbek? Taxminlarga ko‘ra, usmoniylar hukmronligi davrida bu yerlarga o‘zbeklar kelib o‘rnashgan. Lekin bu tarixiy fakt emas.
“Bizning qishloq Urlaning eng qadimiy qishlog‘i. Ming yil avval admiral Chakabey asos solgan deyishadi. Bu yerga odamlari bilan flot tuzish uchun kelib, shu bilan qolib ketgan ekan. Kema yotgan degan joyimiz ham bor. Biz ham o‘sha zamonlardan beri yashab kelyapmiz. Afsuski, vaqt o‘tishi bilan ko‘p an’analarimiz unutilib ketdi”, – deydi Sharifa Kublay ismli onaxon.
Qisloqning bir cheti Egey dengiziga ulanib ketgan, bu esa baliqchilik bilan shug‘ullanishga imkon beradi. Qishloq ahli dehqonchilik bilan ham shug‘ullanadi.
Koronavirus pandemiyasidan avval qishloqda festivallar, turli madaniy tadbirlar uyushtirilar edi. Mahalliy turizm bu yildan e’tiboran asta-sekin jonlanayotgandek.