Shavkat Mirziyoyev boshqaruvidagi besh yil nihoyasiga yetmoqda. 4-oktabrda O’zbekistonda prezident saylovi. G’olib Mirziyoyev bo’lishi ehtimoli aniq. Bu amaldagi hukumat tarkibi deyarli o’zgarishlarga yuz tutmasligini anglatadi. Mirziyoyevning prezidentlik saylovidagi asosiy shiori “Yangi O’zbekiston” strategiyasini amalga oshirish.
Uning boshqaruvidagi yarim o'nyillik ham “Yangi O’zbekiston” shiori ostida o’tdi. Ammo yangi O’zbekistonni qurishga da’vogar kadrlarning aksariyati, Mirziyoyevning o’zi ham doxil, Karimov davridagi eski amaldor bo’ldi.
Kuzatuvchilar deydiki, O’zbekistonda hokimiyat turli guruhlar va aymoqlar chirmashmasidan hosil bo’lgan tuzumdir. Bu tuzum Mirziyoyev davrida ham saqlab qolindi. Har holda Karimov davrida qudratda bo’lgan asosiy figuralar siyosiy maydondan chetlatilmadi. Aayrimlari amalda, ayrimlari soyada, parda ortidan Mirziyoyev bilan birga yangi O’zbekistonni qurishda, mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy jarayonlarga, ijtimoiy vaziyatga ta’sir o’tkazishda davom emoqda.
Mirziyoyevning o’zi buni kadrlar taqchilligi bilan izohlaydi. Samarali islohotlar uchun malakali kadrlar yetishmasligi davlat rahbari tomonidan muntazam ta'kidlanadi.
Ammo tanqidchilar Mirziyoyevning bu ishonchini inkor etb, muammo mohiyati kadrlarda emas, tuzumning o’zida ekanligi, boshqaruv isloh qilinmas ekan, har qanday mutaxassis ish bermasligini aytishadi.
O’zbekistondagi boshqaruv tizimi, kadrlar siyosati, hokimiyat kimlarga tayanayotgani, mamlakatda kimlar amalda, kimlar soyada o’z qudratini saqlab qolayotgani Mirziyoyevning ikkinchi muddati arafasida yuzaga chiqayotgan muhim savol.
Har holda boshqaruvda o’zgarish bo’lishiga ishonch kam. Siyosiy kuchlar o’z mavqeini saqlab qoladi. O’zbekiston keyingi besh yillikda ham shu doiralar ostida bo’lishi haqiqatga yaqin. Ular haqida qator surishtiruvlar o’tkazgan yozuvchi Safar Bekjon bilan muloqotni tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5