Qochqin ayollarni kasb-hunarga o’rgatayotgan maktab o’quvchisi

Chikagolik 17 yashar Nurayn Xon bichish-tikishga, dezaynerlikka qiziqadi. 2019-yilda kiyim-kechak tashkilotini ochdi. Qochqin va muhojir ayollarga tikish va bichishni o’rgatadi. Ayollarga tikuvchilik korxonalariga ishga joylashishga yordam ham beriladi.

“Maktabda moda biznesi bo’yicha kursda o‘qidim, keyin esa San’at institutidagi moda dezaynerligi kursida”, - deydi qiz.

Tirishqoq o’smir dezaynerlikka qiziqishini xayrli ishga yo’naltirishga ahd qildi. 2019-yilda kiyim-kechak tashkilotini ochdi. Qochqin va muhojir ayollarga tikish va bichishni o’rgatadi.

“Allsorts”ning maqsadi qochqin ayollarga yordam berish, oilasini boqishi uchun, daromadga ega bo’lishi uchun. Buni tikuvchilikka o’rgatish orqali amalga oshiramiz”, - deydi Xon.

Ularga mehnati uchun haq to’lanadi. Tayyor mahsulot esa yarmarka va bozorlarda, “Etsy” vebsaytida sotadi. Savdodan tushgan mablag' yana tikuvchilik o'quv programmasiga sarmoya qilinadi. Ba’zi ayollar kursni tugatgach, uyda tikishga buyurtma oladi.

“Allsorts” Shimoliy Amerika Islom doirasi tashkilotining Qochqinlarga yordam berish resurs markazi bilan hamkorlikda ishlaydi. Markaz bu ayollarga tikuvchilik korxonalariga ishga joylashishga yordam beradi.

“Korxonalar bilan bog’lab qo’yaman, suhbatga jo’nataman, bir qancha bitiruvchilarimiz ishga joylashishga muvaffaq bo’ldi. Har ikki tomonga yaxshi, ayollarimizning ishi yurishayotgani meni xursand qiladi”, - deydi markazi direktori Atiya Kazmi.

Tashkilot yordamga muhtoj afg’on muhojirlari ham borligini aytadi. Afg’onistondan bunday muhojirlar soni yana ham oshishi taxmin qilinmoqda.

Tashkilot kelgusida ham muhojir ayollarni hunarga o’rgatishga tayyor ekanini bildiradi.