Bayden ma'muriyati deyarli barcha noimmigratsion vizalar uchun to'lovlarni oshirishni rejalamoqda. AQSh rasmiylariga ko’ra, bu qadam viza narxlarini ularni taqdim etish xarajatlariga moslashtirish uchun zarur. Kuzatuvchilar esa to’lovlarning oshishi AQShga kelayotgan sayohatchilar va talabalar miqdorining kamayishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.
Federal reyestrda e’lon qilingan ma’lumotga ko'ra, yangi narxlar sentabrgacha kuchga kirishi kutilmoqda.
Noimmigratsion viza egasi turist sifatida AQShga sayohat qilishi yoki talaba sifatida o'qishga kelishi, xususan, muayyan shartlar asosida AQShda vaqtincha yashashi yoki ishlashi mumkin bo’ladi. Yangi tartib kuchga kirsa, B1 va B2 sayyohlik vizalari hamda F, M, J talaba vizalari 160 dollardan 245 dollargacha, ya’ni 54 foizga oshadi. H, L, O, P, Q va R ishchi vizalari uchun to’lov esa 190 dollardan 310 dollargacha, ya'ni 63 foizga o’smoqda.
“Eng muhimi, vizalarni berish tezlashadimi? Agar ma’muriyat xarajatlarni oshirsa-yu, lekin Davlat departamenti tomonidan xizmat ko‘rsatishda sezilarli yaxshilanish bo‘lmasa, natijada sayohatchilar soni kamayib ketadi”, - dedi Kato institutining immigratsiya siyosati bo‘yicha eksperti Devid Bier “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.
So'nggi yillarda AQSh aeroportlarida ham mahalliy, ham xalqaro sayohatchilar qatnovi kamaydi. Transport xavfsizligi boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, u 26-yanvar kuni jami 1,1 million odamni koʻrikdan oʻtkazgan. 2019-yilning xuddi shu sanasida, yaʼni koronavirus pandemiyasigacha bu raqam 2 milliondan oshgan edi.
Buni ham ko'ring Xalqaro talabalar immigratsiyaga oid yangi qarordan xavotirdaBayden ma’muriyati va'dalari
Amerikaning immigratsiya tizimini isloh qilish Prezident Jo Bayden saylovoldi kampaniyasida bergan asosiy va'dalaridan biri edi. Oq uyga kirgach, u o’zining birinchi ish kunida AQSh fuqaroligi to'g'risidagi qonun loyihasini e'lon qildi. Unda AQShdagi taxminan 11 million hujjatsiz immigrantlar uchun fuqarolik sari yo’l ochish va ish bilan bog'liq viza muammolarini bartaraf etish kabi bir qator yangiliklar bor edi.
Ammo qonun Kongress ostonasida to'xtab qoldi. Uning qabul qilinish ehtimoli deyarli yo’q.
Immigratsiya bo'yicha mutaxassislarning ta'kidlashicha, Bayden o'zidan oldingi prezidentning immigratsiyaga qarshi ko’plab qarorlarini bekor qilgan bo'lsa-da, Tramp ma'muriyatining qonuniy immigratsiyani cheklovchi choralari Bayden davriga kelib noimmigratsion vizalarni kutish vaqtining cho’zilib ketishiga hissa qo’shdi.
Shuningdek, Davlat departamenti COVID-19 cheklovlari tufayli 2020-yilda AQShning barcha elchixonalari va konsulliklarida muntazam viza xizmatlarini vaqtincha toʻxtatdi. Kato instituti ma'lumotiga ko'ra, elchixona va konsulliklarda viza xizmatlari bosqichma-bosqich qayta tiklanmoqda, ammo ularning to'rtdan bir qismi hanuz qisman yoki to'liq yopiq.
Dunyo bo'ylab AQSh konsulliklari immigratsiya tizimining asosiy tarkibiy qismi bo'lib, ular "Amerika Qo'shma Shtatlariga sayohat qilish huquqini beruvchi vizalarni rasmiylashtiradi. Lekin ko'plab konsulliklar yopiqligicha qolayotgani bois ochiq konsulliklar rekord kutish vaqtlari haqida xabar bermoqda – o’nlab hududlarda kutish vaqti bir necha oyni tashkil etadi", - dedi Bier.
Buni ham ko'ring Cheklovlar, viza muammolari xalqaro talabalarni tashvishga solmoqdaDavlat departamenti rasmiysining “Amerika Ovozi”ga aytishicha, AQSh elchixonalari va konsulliklari saytida qaysi xizmatlar taqdim etilayotgani va ular uchun kutish vaqtlari qancha ekani haqida ma’lumotlar mavjud.
Bierning soʻzlariga koʻra, yanvar oyida koʻplab konsulliklarda sayyoh vizalar uchun kutish vaqti 202 kunni tashkil etgan; bu 2021-yil apreldagi holatdan 95 kunga koʻp. Talabalar va almashinuv dasturlari qatnashchilari uchun kutish vaqti esa taxminan 38 kunni tashkil etadi. Bu bir yil oldingi holatdan 25 kunga ko’p. Shuningdek, malakali vaqtinchalik ishchilar viza olish uchun suhbatga kirish kunini 62 kun kutmoqda. 2021-yil aprel oyida ularning kutish vaqti bundan 40 kunga kam edi.
Yangi tartibning talabalar va ishchilarga ta'siri
Davlat departamenti vakilining tushuntirishicha, konsullik operatsiyalari asosan xizmatlar uchun olinadigan to'lovlar hisobidan moliyalashtiriladi va to'lovni oshirish taklifi ushbu xizmatlar xarajatlarini to'liq qoplash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Xalqaro oʻqituvchilar assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, AQSh kollejlari va universitetlaridagi xalqaro talabalar 2018-19 oʻquv yilida AQSh iqtisodiyotiga qariyb 41 milliard dollar hissa qoʻshgan va 458 290 ta ish oʻrni yaratgan. 2020-21-o‘quv yilida esa xalqaro talabalarning AQSh iqtisodiyotiga hissasi 28,4 milliard dollarni tashkil etgan, ya’ni 2 yil avvalga qaraganda deyarli 27 foizga yoki 10,3 milliard dollarga kamaygan.
Viza narxining oshishi AQShga keluvchilar soniga katta ta'sir ko'rsatishiga hamma ham ishonmaydi.
Xalqaro talabalar karyerasi boʻyicha ekspert Marselo Barrosning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, toʻlovlarning oshishi afsuslanarli boʻlsa-da, bu odamlarning AQShga kelishini toʻxtata olmaydi.
“Bu talabalarni roʻyxatga olishga yoki mehnatga asoslangan vizalarga murojaatlar soniga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydi. Bu kompaniyalarning iqtidorlarni AQSh tashqarisidan yollash istagiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi”, - dedi u.
Agar sayohatchilar, talabalar yoki yuqori malakali ishchilar Qo‘shma Shtatlarga kelmoqchi bo‘lsa, ular ko’proq to’lov to’lashga tayyor, deya qo’shimcha qiladi u.
Your browser doesn’t support HTML5