"Apple" kompansiyasiga ko'ra, har narsa uchun "app" bor, ya'ni maxsus programma. Endilikda terrorizmga qarshi kurash uchun ham shunday dastur mavjud.
AQSh Milliy kontterrorizm markazi (NCTC) 7-fevral kuni "aCTknowledge" mobil applikatsiyasini ishga tushirdi. "Apple" app do'konidan va NCTC saytidan yuklab olish mumkin.
"Bu programma orqali terrorizm bo'yicha axborot olish mumkin, maxfiy bo'lmagan axborot", - deya tushuntiradi rasmiylar.
Yaqin kunlarda bu programma Google Play do'konida ham paydo bo'lishi kutilmoqda.
Dastur hamma uchun ochiq, lekin kontrterrorizm mutaxassislari uchun alohida versiyasi bor. Bu maxsus turini federal xizmatchilar, xususan terrorizmga qarshi kurash vazifasi yuklangan idoralarning xodimlari yuklashi mumkin.
Buni ham ko'ring "Islomiy davlat" o'tgan bir yilda eng ko'p odamni Afg'onistonda o'ldirgan"Shu paytga qadar bu kabi keng ko'lamda axborot ulashmaganmiz", - deydi NCTC ekspertlari.
“Yangi ma'lumotlar shu zahoti ommaga tadqim etiladi. Maqsad jamoatchilkni bevosita darhol ogoh qilish va choralar ko'rishni tezlashtirish".
"aCTknowledge" foydalanuvchiga xabarlar uzatib turadi. Yig'ilgan axborotni tahlil qilish mumkin, shuningdek, qiziqtirgan mavzularni izlasa bo'ladi.
NCTC xakerlarga va umuman kiber xurujlarga qarshi choralar ko'rilayotganini bildiradi.
“Rasmiylar programmani ishlatish uchun ishxona elektron adresidan foydalanishi talab etiladi. Ular tekshiruvsiz maxsus versiyadan foydalana olmaydi", - deydi NCTC ekspertlari.
Programmani ishlab chiqishda kontrterrorizm tizimidagi tajriba va bilimga tayanilgan.