Nyu-Yorkda o’zbekistonliklar yuritadigan supermarketda qotillik

Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi "Navro'z" supermarketini o'zbekistonliklar yuritadi. Shaharning bu qismida o'nlab ming vatandoshlar yashaydi.

16-may kuni Nyu-Yorkning Bruklin tumanida joylashgan "Navro’z" oziq-ovqatlar do’konida ikki erkak orasidagi janjal oqibatida bir kishi pichoqlangan. Nyu-York politsiyasi ma’lumotiga ko’ra, urilgan pichoq jabrlanuvchining ko’kragiga tekkan.

U zudlik bilan Maymonidis kasalxonasiga olib ketilgan va ko’p o’tmay olamdan o’tganligi ma’lum qilingan.

Mojaro dushanba kuni 14:00 atrofida ro’y bergan.

Maskan bilan tanish o’zbekistonliklarning aytishicha, voqeadagi shaxslar - supermarket ishchilari. Biri ikkinchisini pichoqlagan, deydi jamoa vakillari. Jabrlanuvchi supermarketning go’sht sotadigan qismida ishlagan.

Politsiyaning tasdiqlashicha, hujum qilganlikda gumonlangan 30 yoshli shaxs voqea joyida qo’lga olingan. Hozirda tergov ishlari ketmoqda.

“Amerika Ovozi” bilan suhbatlashgan o’zbekistonlik faollar deydiki, janjallashgan har ikki shaxs ism-shariflari ma’lum, biri o’zbekistonlik, ikkinchisi tojikistonlik o’zbek.

Voqea nafaqat Nyu-Yorkdagi, balki butun Qo’shma Shtatlardagi o’zbekistonliklarni larzaga solgan.

"Navro'z" supermatketi va uning atrofidagi manzara aks etgan fotolar, 16-17 may, 2022: