Traklar haydovchisiz yuk tashishi kutilmoqda

  • Amerika Ovozi

AQShda yuk tashuvchi haydovchilar yetishmayotgan bir davrda o’zini-o’zi boshqaradigan traklar sinovdan o’tkazilmoqda.

Ekspertlarga ko’ra, to’liq avtonom boshqaruvga ega bunday yuk mashinalari qisqa fursatda xizmatga kirishadi.

Your browser doesn’t support HTML5

AQShda trak haydovchilari ishsiz qolishi mumkin

“Takroriy marshrut, shtatma-shtat zerikarli qatnov dasturlarga yuklanishi tabiiy”, - deydi ekspert Chen Lu.

Logistika ehtiyojlari o’sib, haydovchilar yetishmayotgan pallada avtonom boshqaruvli yuk mashinalari davr talabi ekani aytilmoqda. Biroq haydovchisiz mashina bilan yonma-yon harakatlanishdan hamma ham mamnun emas.

“Odamlar beixtiyor shu eksperiment ishtirokchisiga aylanmoqda”, - deydi faol Keyti Cheys.

Texnologik taraqqiyot AQSh bo’ylab 3 milliondan ziyod yuk mashinasi haydovchilarini ishsiz qoldirishi ehtimoldan holi emas.

“Haydovchilar o’z kasbi kelajagidan xavotirda”, - deydi ekspert Stiv Vischelli.

Mashina sensorlarining aksariyati yon tomon oynalariga o’rnatilgan bo’lib, yo’llarda xavfsiz sinxron harakatlanishni kafolatlaydi.

“Biz yaratgan sistema uyqusiramaydi, toliqmaydi, diqqatini yo’qotmaydi. Har sekunnda atrofni bir necha bor kuzatadi. Yo’ldagi vaziyatga xavfsiz reaksiya ko’rsatadi”, - deydi dasturchi Don Byornet.

Kompaniyalar avtonom boshqaruvga ega yuk mashinalari ekspluatatsiyasiga shoshar ekan, tegishli qoida va nazorat usuli ma’qullanishi kerak.